Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid boʻlib milodiy III-IV asrlarga qadar boʻlgan davrga tegishli. Qabrdan shu davrda yashagan odam suyak qoldiqlari, 1 ta skelet va 9 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar topilgan.

Eʼtiborli tomoni, koʻzalardan faqat 1 donasi siniq holatda boʻlib, qolgani nisbatan yaxshi saqlangan. Shuningdek qabrdan 1 dona ayollar munchogʻi ham qazib olingan. Ayni vaqtda topilma Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov uy muzeyida saqlanmoqda.