Yangiyoʻl va Boʻstonliq tumanida karp va sovuq suv baliqlari boʻyicha 2 ta naslchilik markazi tashkil qilinadi

    Baliqchilikda naslni yangilash, hosildorlikni oshirish va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha ham bir qator yangiliklar joriy qilinadi.

    Karp va sovuq suv baliqlari boʻyicha Vengriya va Norvegiyadagi hamkorlar bilan Yangiyoʻl va Boʻstonliq tumanlarida 2 ta naslchilik markazi tashkil qilinadi.

    Chetdan nasldor ona baliq olib kelish xarajatining yarmi qoplab beriladi. Baliqchilik xoʻjaliklari inkubatsiya, laboratoriya, yopiq suv aylanma tizimlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi.

    Intensiv baliqchilikni yoʻlga qoʻygan xoʻjaliklarga yer va mol-mulk soliqlari 2 karra kamaytiriladi.

    Aksincha, intensiv usulga oʻtmagan, koʻllardan samarasiz foydalanayotgan korxonalar uchun yer soligʻi oshirilgan stavkada qoʻllanadi.