Aniqlanishicha, 2022 yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Guliston" mahallasida yashovchi 30 yoshli A.N. (erkak) oilaviy kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i N.F.dan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 13 may kuni Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, — deyiladi rasmiy bayonotda.