Mazkur masala yuzasidan Pensiya jamgʻarmasi tushintirish berdi.

Qayd etilishicha, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan mablagʻlar har yil uchun tasdiqlanadigan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan koʻzda tutiladi.

“2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan Pensiya jamgʻarmasining 2026-yil uchun xarajatlari tasdiqlanganligini inobatga olib, yanvar oyi plastik kartalari orqali oluvchi fuqarolarning pensiya toʻlovlari 5-yanvardan boshlab yuklanadi.

Shu munosabat bilan, 2026-yilning 5-yanvar kunidan boshlab Pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya toʻlovlari uchun mablagʻlar pensiya yetkazib beruvchi tashkilotlarga moliyalashtirib berilishi boshlanadi.

Bunda yanvar oyi pensiya toʻlovlari 2026-yilning 5-yanvar kuni bank plastik kartalarga yuklab berilishi hamda 27-yanvar sanasiga qadar naqd shaklda pensiya oluvchilarga Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan kunlik grafik asosida mahalla fuqarolar yigʻinlari orqali yoki fuqarolarning yashash manziliga yetkazib beriladi.

Fuqarolar pensiyalar boʻyicha savollar yuzaga kelgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasining 1271 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.