O'zbekiston Badiiy Akademiyasining Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganining 30 yilligiga bag'ishlangan “Yapon taomlari maket namunalari” ko'rgazmasi ochildi. Unda yapon an'anaviy taomlarining mumda yasalgan maketlari hamda fotosuratlari namoyish etilmoqda.
Ularni tomosha qilar ekan, muxlislar bu kunchiqar mamlakat taomlarining oddiyligi, nozik did bilan tayyorlangani, benihoya rang-barangligiga e'tibor beradi. Tadbir doirasidagi davra suhbatida ta'kidlanlanganidek, uning asosiy qonun-qoidalari o'rta asrlar Xeuan davrida shakllangan va hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Yapon taomlari 5 ta'mdan iborat bo'lishi lozim — shirin, tuzli, o'tkir, nordon, achchiq. Oltinchisi — oshpazlar mohirligi. Shuningdek, 5 ta rang — oq, qora, sariq, qizil va yashil dasturxonda bo'ladi. Taom kichik portsiyalarda tortiladi. To'yinganlikka esa taomlarning kattasi orqali erishiladi.
Ekspozitsiyada yapon oshxonasining sushi, Sashimi, Onigiri, Ramen, Soba, Miso-sup, Dorayaku kabilar tayyorlanishi borasidagi matnlari bilan o'rin olgan.
An'anaga ko'ra, yapon dasturxonida har qanday paytda ham ichish mumkin bo'lgan choy bo'ladi.
Ko'rgazma 14 martga qadar davom etadi.
Hasan Abdunazarov