Yaponiya banklari “O'zbektelekom”ga qariyb 150 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy ko'mak beradi

    Yaponiyaning ommabop «Nikkei Shimbun» gazetasida «Yaponiya banklari «O'zbektelekom» AKga moliyaviy ko'mak beradi» sarlavhali maqola e'lon qildi.

    “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va «Mitsubishi UFJ” banki «Oʻzbektelekom» AKga qariyb 19,3 milliard iyen (150 million AQSH dollari) miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatadi, - deb yozadi gazeta. - Mablagʻlar Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun yapon uskunalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

    JBIC ikki davlat oʻrtasidagi hukumatlararo aloqalarni mustahkamlash va moliyalashtirish orqali Yaponiya mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashish niyatida».

    Maqolada aytilishicha, ushbu loyihaning operatori Yaponiyaning «Toyota sushyo» savdo kompaniyasi boʻlib, u orqali Yaponiyaning axborot-kommunikatsiya kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining uskunalari Oʻzbekistonga eksport qilinadi.

    Qayd etilishicha, «Oʻzbektelekom» Oʻzbekistonda data-markaz yaratish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyalari uskunalar yetkazib berishdan tashqari texnik yordam ham koʻrsatadi.

    “JBIC” Oʻzbekiston tomoniga umumiy moliyaviy resurslarning qariyb 60 foizini taqdim etadi. “Mitsubishi UFJ” banki tomonidan moliyalashtirilayotgan mablagʻlarning bir qismi xavflarni kamaytirish uchun “NEXI” davlat eksport-kredit agentligi tomonidan sugʻurta qilinadi», deb yozgan “Nikkei Shimbun”.