Yaponiya kompaniyalari Sirdaryo IESda kombaynli elektr stansiyasini qurishga 500 million dollar ajratadi

    Investitsiyalar 1 Dekabr 2022 1350

    Joriy yil 30-noyabrda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Kudratov Yaponiyada tashrif bilan boʻlib turgan Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafayev rahbarligidagi Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Nobumitsu Xayashi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirok etdi.

    Yaponiya tomoniga Yevropa tiklanish va rivojlanish banki bilan birgalikda Markaziy Osiyo investitsiya forumi ishini tashkil etishdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda energetika, kimyo, AKT va boshqa sohalarda ijtimoiy va strategik muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida JBIC bilan tizimli ishlarni davom ettirish muhimligi muhokama etildi.

    Maʼlumot uchun: JBIC bilan hamkorlik yillarida 2,6 milliard dollardan ortiq 11 ta loyiha amalga oshirildi, shundan 1,4 milliard dollari Bank kreditlari mablagʻi hisoblanadi.

    Bank rahbariyati bilan “IDiEF”, “Sojitz Corporation”, “Kyuden International” va “Nebras” kompaniyalari ishtirokida Sirdaryo IYESda (1 600 MVt) kombaynli elektr stansiyasini qurish loyihasiga 500 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish masalasi kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.