Yaponiya hukumatining koinot siyosati bo'yicha qo'mitasi Fobosdan tuproq yig'uvchi avtomatik sayyoralararo stansiyaning ishga tushirilishini 2024-yildan 2026-yilgacha ko'chirish taklifini ilgari surildi. Missiyaning kechiktirilishiga H3 raketasi bilan bog'liq muammolar sabab bo'lgani aytilmoqda.
Nafaqat Yaponiyaning Marsni tadqiq qilish dasturi, balki Oy missiyalariga ham o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Noyabr oyida Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi rahbari Xirosi Yamakava yangi H3 raketasi 2024-yilda uchirilishini va'da qilgan edi.
Mart oyida Tanegasima kosmodromidan uchirilgan H3 raketasining parvozi dvigateldagi nosozlik tufayli to'xtatilgan edi.
Fevral oyida eng yangi H3 raketasi yerdan ko'tarila olmagandi, deb xabar beradi lenta.ru.