Tarixga nazar solsak, Yaponiya Osiyo mamlakatlari ichida birinchilardan boʻlib Olimpiada oʻyinlariga1964-yilda mezbonlik qilgan.

Tokiodagi olimpiada ochilishi oldidan Yaponiya kelajak texnologiyasi taraqqiyotining oʻchogʻi ekanligini koʻrsatib qoʻyish uchun dunyodagi dastlabki tezyurar poyezd (Shinkansen)ni namoyish qilgan. Tokiodan Osakagacha harakatlanuvchi ushbu poyezdning maksimal tezligi qariyb 210 km ni tashkil etgan. Bu butun dunyo hamjamiyati uchun (oʻsha davr qarichi bilan oʻlchaganda) “aqlbovar qilmas” yangilik sifatida tarixda qolgan.

Koʻpchilik bu yilgi Olimpiada oldidan ham yaponlar navbatdagi “syurprizi”ni tayyorlab qoʻyganini taʼkidlashmoqda.

Ayrim manbalarga koʻra, ushbu syurpriz - dunyodagi dastlabki uchar avtomobillar boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Agarda taxminlar oʻz tasdigʻini topsa, Yaponiya nafaqat Olimpiadaga, balki texnologiyaning navbatdagi inqilobiga ham mezbon sifatida tarixda qolishi mumkin. Buyogʻini vaqt koʻrsatadi.