Yaponiyaning sharqiy va shimoli-sharqida noma'lum uchuvchi jism ko'rinish berdi.
Yaponiyaning Kanagava prefekturasidagi Xiratsuka shahri o'lkashunoslik muzeyi kuratori, astronom Dayti Fudzii olovli sharning qulashi Sagami ko'rfazidan Nagano prefekturasigacha bo'lgan oraliqda yuz berganini ta'kidladi. Ba'zi hududlarda guvohlar portlash ovoziga o'xshagan gumburlashni eshitishganini haqida xabar berishdi. Bu meteorit tushishi hodisasi bo'lishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.