- Yaponiyada boshlangʻich sinfdan toki oltinchi sinfgacha “Axloq tomon yoʻl” dasturi ostida dars oʻtilarkan. Bunda oʻquvchilar faqat axloq va kishilar bilan muomalani oʻrganishar ekan.
- Birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha imtihon boʻlmas ekan. Chunki bu vaqtda maqsad bolalarni tarbiyalash, tushunchalarni undirish va shaxsiyatni shakllantirishga qaratilarkan.
- Yaponlar boy boʻlishiga qaramasdan, ularda xizmatkorlar yoʻq. Uy va bolalarga ota-ona masʼul ekan.
- Yapon oʻquvchilari ustozlari bilan birga har kuni 25 daqiqa maktabni tozalash bilan shugʻullanishadi. Bu ularni tozalikka rioya qilib, kamtarin boʻlib oʻsishlariga yordam berar ekan.
- Yapon oʻquvchilari maktabga oʻzlari bilan zararsizlantirilgan tish choʻtkasini olib borishadi va ovqatdan soʻng tishlarini yuvishadi. Ular bolalik chogʻidanoq salomatliklariga eʼtiborli boʻlishga koʻniktirilar ekan.
- Maktab mudirlari oʻquvchilardan yarim soat oldin ovqatlanishadi. Bu bilan ovqat bolalarga zarar beradimi yoʻqmi, shuni aniqlab berishadi. Ular oʻquvchilarni Yaponiya kelajagi deb bilishar, ularni himoya qilish lozim deb eʼtiqod qilishar ekan.
- Yaponiyada farroshlarni “salomatlik muhandislari” deyishadi. Ular 5000 dan 8000 dollargacha maosh olishadi. Ularni ishga olishdan oldin yozma va ogʻzaki imtihondan oʻtkazishar ekan.
- Yaponiyada poyezdning kechikish oʻlchami yilida 7 soniya ekan. Ular uchun vaqt juda qiymatli boʻlib, ular soniya va daqiqalarga oʻta diqqatli ekan.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi