2020 yil 21 dekabr holatiga koʼra Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 ming nafardan oshdi. Jumladan, ikki oy oldin bu koʼrsatkich 100 mingta edi, xolos.
Аyni paytda virusga chalinganlarning qariyb 4 dan 1 qismi (51 ming nafari) Tokio shahriga toʼgʼri kelmoqda. Tahlillar shuni koʼrsatdiki, nobyar oyi holatiga koʼra mamlakatga atigi 56 ming nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurgan. Bu esa oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 97.7 foiz kam degani.
Tokio meriyasi bayram arafasida (28 dekabr - 3 yanvar) shifoxonalar oʼz faoliyatini dam olishsiz davom ettirishlari uchun har bir bemor sonidan kelib, tibbiy xodimlarga kunlik 2900$ dan qoʼshimcha mukofot puli ajratadi.
Xuddi shuningdek, Yangi yil arafasida farmatsevtika doʼkonlari ham dam olishlarsiz ishlaydigan boʼlishsa 2900$ dan mukofot puli beriladi.