Statistikaga koʻra, Yaponiya aholisi 1 yilda 644 ming kishiga kamaygan va bu shu kungacha kuzatilgan eng katta koʻrsatkich hisoblanadi. Hattoki, Tokioda istiqomat qiluvchilar soni oxirgi 26 yilda birinchi marotaba qisqarganini ham qayd etish lozim.
Bundan tashqari, mashhur tadbirkor Ilon Mask “agar tugʻilishlar soni oʻlimlar sonidan oshishi uchun nimadir qilinmasa Yaponiya davlati oxir-oqibat yoʻq boʻlib ketadi” deya “Twitter” ijtimoiy tarmogʻida fikr bildirdi.
Bu esa yaponiyalik foydalanuvchilarda unga nisabatan keskin noroziliklarni yuzaga keltirdi.