Yaponiyalik seysmologlarning ogohlantirishiga ko'ra, xavflilik darajasi besh balli shkala bo'yicha ikkinchi darajaga ko'tarilgan – u vulqon krateriga yaqinlashishni taqiqlashni ham nazarda tutadi. Hozirda Aso otilishning faol bosqichiga kirmagan, biroq yapon mutaxassislari bunday ssenariyni istisno qilishmayapti.
Aso – dunyodagi eng yirik vulqonlardan biri. Uning balandligi – 1592 metr. Mazkur vulqonning otilishi muntazam qayd etiladi. Oxirgi marta 2021-yilda faollashgan, deb xabar beradi tass.ru.