Qayd etilishicha, ushbu texnologiya sunʼiy intellekt va yuqori aniqlikdagi magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) yordamida ishlaydi. Uxlayotgan inson miyasidagi neyronlar faolligi real vaqt rejimida kuzatiladi, soʻng sunʼiy intellekt algoritmlari ushbu signal va toʻlqinlarni vizual obrazlarga aylantiradi. Bu esa insonlarning nima tush koʻrayotgani taxminiy tasvirlar orqali tiklashga yordam beradi.

Biz bosh miya faolligi asosida tushlarda koʻrilgan obrazlarni aniqlashga muvaffaq boʻldik. Ushbu obrazlar test sinovida ishtirok etganlarning soʻzlab bergan tushlari bilan mos keldi. Bu esa inson ongini yanada chuqur tadqiq qilish yoʻlidagi ulkan qadamdir, — deydi loyiha rahbari, professor Yukiyasu Kamitani.

Ushbu texnologiya hozircha dastlabki bosqichda, biroq olimlar uning kelajakda psixologiya, ruhiy salomatlik, hatto kino sanoatida va videooʻyinlar yaratishda keng qoʻllanilishi mumkinligini taʼkidlashmoqda. Internet foydalanuvchilari bu yangilikni ijobiy qarshi olishmoqda.