Keksa odam shamol ta'sirida garaj bo'laklarining tushib ketishi oqibatida halok bo'ldi. Yana bir ayol esa chiroq o'chgach, sham ishlatganida yong'in kelib chiqqani tufayli hayotdan ko'z yumdi.

Hududda kuchli yomg'ir yog'moqda va shamol esyapti. To'fon 160 mingdan ortiq uyni elektr ta'minotisiz qoldirdi. Yaponiyaning Kyusyu orolida 350 ga yaqin aviareyslar bekor qilindi, tezyurar poyezdlar va paromlar harakati to'xtab qoldi. Hozir to'fon shimolga qarab harakatlanmoqda, Nagasaki prefekturasida bo'ron haqida ogohlantirish e'lon qilindi – deyarli 38 ming aholi evakuatsiya qilinadi, deb xabar beradi mir24.tv.