Yaponiya har kuni 3000 dan ortiq koronavirus infektsiyasini tasdiqladi. Tibbiyot ekspertlari vaziyatdan allaqachon xavotirda. Xokkaido prefekturasida tibbiyot xodimlari yetishmasligi muammosi kuzatila boshlandi. Shunga qaramay, Yaponiya hukumati ichki turizmni ragʼbatlantirishni toʼxtatmoqchi emas, favqulodda holat joriy etishni ham rejalashtirmayapti.

Masalan, shanba kuni Tokioda 621 ta yangi yuqtirish holatlari qayd etildi. Bu avvalgi payshanba kuni qayd etilgan 602 ta koʼrsatkichdan oshib ketdi. Tokioning aksariyat hududlarida spirtli ichimliklar bilan ishlaydigan restoran, bar va karaoke muassasalaridan ish vaqtini qisqartirishni va kechki soat 10 da yopilishini soʼrashdi.

Tibbiy mutaxassislar koronavirus holatlarining soʼnggi paytlarda avj olishi ayrim hududlarda tobora kengayib borayotgani toʼgʼrisida ogohlantirmoqda. COVID-19 kasallarini davolash uchun tibbiy xodimlar yetishmasligiga duch kelishmoqda.

Maʼlumotlariga koʼra, iyulь oyi oxirigacha oʼz aholisi orasida tasdiqlangan koronavirus holatlari boʼlmagan Iwate, shanba kuni 43 ta holatni qayd etdi.

Bosh vazir Yosixide Suga barcha fuqarolar virusdan ehtiyot boʼlishlari kerakligini aytdi, ammo uning hukumati sayohat dasturini toʼxtatish yoki boshqa favqulodda holat eʼlon qilish haqida oʼylamayapti.

Tibbiyot boʼyicha ekspertlar guruhi markaziy hukumatni tibbiy tizimlar ogʼir ahvolda boʼlgan joylarda sayohat qilishni rivojlantirishga qaratilgan subsidiya dasturini toʼxtatishga chaqirdi. Ammo Suga dasturni toʼxtatishni istamayapti, chunki u iqtisodiyotni qoʼllab-quvvatlash va virusga qarshi kurashni muvozanatlashtirmoqchi.

Shu oʼrinda taqqoslash uchun qiziq maʼlumot:

Rossiya Federatsiyasi aholi soni Yaponiya bilan deyarli yaqin (144 millionga 127 million). Аmmo Rossiyaning virus bilan bogʼliq statistikasi (kasallanganlar umumiy soni, kunlik son va vafot etganlar soni) Yaponiyadan 10 baravar yomonroq ekan.