Kunchiqar mamlakatda COVID-19 bilan kunlik kasallanish holatlari uch kundan buyon 100 ming kishidan oshmoqda.
TASS axborot agentligining Yaponiyada tarqatilgan rasmiy xabarlarga tayanib yozishicha, mamlakatda soʻnggi haftada koronavirus infeksiyasi tarqalishi keskin oshib ketgani qayd etilgan. Ekspertlarning taʼkidlashicha, mamlakatda koronavirusning yettinchi toʻlqini boshlangan. Hukumat aholini buster vaksinasini olishni keyinga qoldirmaslikka chaqirgan.
17-iyul kuni ertalab mamlakat boʻyicha 103,2 ming kishi infeksiya yuqtirgani aniqlangan.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan to hozirgacha Yaponiyada 10 milliondan ortiq bemor aniqlandi, shulardan 31,5 ming holatda oʻlim qayd etilgan.
Mamlakatimizda mavjud vaksinalar koronavirusning barcha shtammlaridan himoya qiladi, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati.