Loyiha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Oʻzbekiston-Yaponiya markazi va “Oʻzbekiston-Yaponiya” doʻstlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Yaponiya madaniyat kunlari doirasida anʼanaviy yapon kimonosi, ayollar belbogʻi — “obi”, yapon yelpigʻichi, qoʻgʻirchoqlar va yapon taomlari koʻrgazmalari taqdim etiladi.
Shuningdek, Yaponiyaning anʼanaviy xattotlik sanʼati — shodo, choy marosimi, sumiye, kiriye (yapon aplikatsiyasi), yapon shirinliklarini tayyorlash va yapon tili boʻyicha mahorat darslari va namoyishlar boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.