Eʼtibor bergan boʻlsangiz, Yaponiya hukumati har hafta juma kuni muhim qarorlar qabul qilar ekan.
Bugun ham pandemiyaga doir ikkita muhim qaror eʼlon qilinishi kutilmoqda:
1) 31-mayda tugashi kutilayotgan karantin qoidalarini yana 3 haftaga (20-iyunga qadar) uzaytirish;
2) 23-maydan boshlab Okinava prefekturasida ham 1 oylik karantin joriy etish.
Eslatib oʻtamiz, Tokio olimpiadasi boshlanishiga qariyb 60 kun vaqt qolmoqda.