Avval “Meysak” toʻfonni prefekturasidagi 30 mingdan ziyod uyni elektr tokidan bebahra qilganini maʼlum qilgandik, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.

Baʼzi hududlarda kuchli shamol elektr taʼminoti liniyalarini ishdan chiqargan boʻlsa, jala suv toshqinlariga olib kelgandi.

Hozir yogʻingarchilik Yapon dengizi tomon suza boshlagan. Meteorologlar ushbu toʻfonini favqulodda kuchli deb baholagan. Shamolning tezligi daqiqasiga 45 metrgacha yetyapti, kuchaygan payti esa 65 metrgacha yetyapti.

Hozir Yaponiyaga tomon yana bir toʻfon — “Xayshen” yaqinlashib kelyapti. Bosh meteorologiya boshqarmasi taxminiga koʻra, hafta oxiriga kelib toʻfon mamlakatning janubi-gʻarbiga yetib kelishi kerak. Sinoptiklar aholini ofat zarbasiga oldindan tayyorgarlik koʻrib qoʻyishga chaqiryapti.