Shu kungacha 400 dan ortiq ichki aviareyslar bekor qilindi.

Yamagata prefekturasida tezyurar poezdlar oy oxirigacha to'xtatildi. Mamlakat shimolidagi Akita prefekturasining Yokote tumanida kuzatilgan kuchli qor bo'ronidan so'ng, o'zini o'zi himoya qilish kuchlari (SDF) xodimlari qidiruv-qutqaruv ishlariga yuborildi.

Yaponiya Meteorologiya Agentligi (JMA)ning ma'lum qilishicha, yangi yil bayrami kunlari bilan taqqoslaganda mamlakatga yanada sovuq havo kirib kelgan va  va hafta oxirida kuchli qor yog'ishi kutilmoqda.