"Dunyo" axborot agentligi tomonidan xabar qilinishicha, Kioto shahridan janubi-sharqda joylashgan Mixo muzeyida tashrif buyuruvchilarga mamlakatimizning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi “Sivilizatsiyalar aloqasi: Qadimgi Markaziy Osiyodan Sharqiy Osiyogacha” ko'rgazmasi ochilgan.
Xususan, ko'rgazma ekspozitsiyasidan bronza davri tsivilizatsiyasi bo'lgan Baqtriya-Marg'iyonaga oid 130 dan ortiq ashyolar o'rin olgan bo'lib, Markaziy va Sharqiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, jumladan, so'g'dlarning o'sha paytda tutgan alohida o'rni ko'zga tashlanadi.
Ko'rgazma joriy yilning 11-dekabriga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.