“Norvegiya Nobel qo'mitasi 2024-yilgi tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini Yaponiyaning Nihon Hidankyo tashkilotiga berishga qaror qildi. Bu Xirosima va Nagasaki atom bombalaridan omon qolganlar harakati bo'lib, tinchlik bo'yicha mukofot ularga yadro qurolidan xoli tinchlikka erishish borasidagi choralar uchun, yadro qurollari hech qachon qayta ishlatilmasligi kerakligini guvohlar ko'rsatmalari orqali namoyish etgani uchun berildi”, dedi qo'mita.
1945-yil avgust oyida amerikalik uchuvchilar Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashlashgan. Atom portlashi va uning oqibatlari oqibatida Xirosimada 350 ming aholidan 140 ming kishi, Nagasakida 74 ming kishi halok bo'ldi. Atom bombasi qurbonlarining aksariyati tinch aholi vakillari edi.
Fojiali voqealar munosabati bilan – har yili 6 va 9-avgust kunlari Xirosima va Nagasakida “Tinchlik marosimlari” o'tkaziladi, deb xabar beradi ria.ru.