Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Yaponiyalik koʻngillilarning yurtimizga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi koʻmagida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.
Tashrif davomida yapon koʻngillilari Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan birgalikda Orol dengizining qurigan 10 gektar joyiga 10 ming tup daraxt koʻchatlarini ekishlari rejalashtirilgan.
OISCA (The Organization for Industrial, Spiritual and Cultural Advancement) Nodavlat xalqaro tashkilot boʻlib, 1961 yilda Tokio shahrida tashkil etilgan.
Ushbu tashkilot 2015 yildan buyon yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirib kelayapti. Xususan, OISCA tomonidan 2022 yildan boshlab 10 yil davomida Orol dengizining qurigan hududining 40 ming gektar maydonini koʻkalamzorlashtirish loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda.