Yaponiyaning “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida radionuklidli suv sizib chiqdi

    Yaponiyaning “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida radioaktiv suv sizib chiqqan. Bu haqda Tokyo Electric Power (TEPCO) operator kompaniyasi hisobotida ma'lum qilindi.

    “Xodimlar quvurdan suv sizib chiqayotganini aniqlashdi. Radioaktiv elementlar borligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.

    Asahi gazetasining yozishicha, sizib chiqqan suv hajmi 5,5 tonnani tashkil qiladi. Qayd etilishicha, radioaktiv elementlar konsentratsiyasi 22 milliard bekkerelga etgan. Bundan tashqari, manba radioaktiv suvning okeanga chiqishi qayd etilmaganini ta'kidladi, deb xabar beradi report.az.