Yaponiyaning Tochigi prefekturasi Masiko shaharchasidagi Sukamoto galereyasida Rishton kulolchilik maktabining yorqin namoyandalaridan biri - usta-kulol Baxtiyor Nazirov asarlari koʻrgazmasi ish boshladi.
Koʻrgazma ochilish marosimida Oʻzbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxoʻja Abdurahmonov ham ishtirok etdi.
Bakhtiyor Nazirov Ceramic Art Exhibition koʻrgazmasi 16-oktyabrga qadar davom etadi.
Masiko – qadimiy yapon keramikasi markazlaridan biri boʻlib, ushbu maskanda oʻziga xos mahalliy qizgʻish jigarrang loydan kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi.