Taqdimot Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Tokio Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan dzyudo boʻyicha mamlakatimiz terma jamoasini qabul qilish arafasida oʻtkazildi.
Diplomatlar tomonidan mamlakatimizning madaniy va turistik salohiyati, shuningdek, oʻzbek sportchilari hamda ular tomonidan Tokio Olimpiadasiga qoʻlga kiritilgan yoʻllanmalar haqida maʼlumotlar berildi. Taqdimotda shahar meri Ryodzo Tatami ishtirok etdi.
Shahar maʼmuriyati vakillari yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan oʻzbek dzyudochilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tayyorlangan videorolikni namoyish qildi.
Mazkur taqdimot hududiy OAV tomonidan keng yoritildi. Jumladan, Kiota prefekturasidagi yetakchi gazetalaridan biri - “Kyoto Shimbun” mazkur tadbir haqidagi maqolani oʻquvchilari eʼtiboriga havola qildi.