Yaponiyaning ob-havoni kuzatuvchi asosiy sun'iy yo'ldoshi ishdan chiqdi

    Yaponiyaning ob-havoni kuzatuvchi asosiy sun'iy yo'ldoshi “Ximavari-9” (“Podsolnux-9”) qisman ishlamay qoldi va ba'zi suratlarni uzatishni to'xtatdi.

    Bu haqda Milliy meteorologiya boshqarmasi ma'lum qildi.

    Qayd etilishicha, Yer yuzasidan infraqizil nurlanishni qayd etish bilan bog'liq tasvirlarni uzatishda muammolar yuzaga kelgan.

    Shu bilan birga, departament ma'lumotlariga ko'ra, to'fonlar, kuchli yomg'ir, kuchli shamol, to'lqinli dengizlar va hokazolar harakati haqida ogohlantirishlarni uzatuvchi sun'iy yo'ldosh qurilmalari normal ishlamoqda. Meteorolorgik boshqarma nosozlik sababini hali bilmasligini tan oldi va qachon tuzatilishi mumkinligini ayta olmadi.

    “Ximavari” geostatsionar sun'iy yo'ldoshlar turkumiga oid bo'lib, ularning birinchisi 1977-yilda uchirilgan. Yaponiyadan tashqari, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi meteorologiya bo'limlari ushbu qurilmalardan olingan ma'lumotlardan foydalanadi, deb xabar beradi report.az.