Ikki kunlik tashrif Qoʻqon shahridan boshlandi. Elchi bu yerda yapon fuqarolari qabristonini ziyorat qildi. Yoshinori Fudjiyamu shuningdek, Qoʻqon shahar hokimligida boʻldi.
Tashrif dasturiga Rishton tumanidagi «Noriko Gakkyu» yapon tili maktabini borib koʻrish, hamda Rishton xalqaro kulolchilik markazi faoliyati bilan tanishish ham kiritilgan.
Ertaga Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyamuning viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Uchrashuvda Fargʻona viloyati bilan Yaponiya oʻrtasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.