SoftBank kompaniyasining Pepper roboti Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi ilk ommaviy ishlab chiqarilgan gumanoid servis roboti sifatida kiritildi.

Yapon bozorida Pepper robotining debyuti ilk bor 2014-yil iyun oyida bo'ldi. Balandligi 121 santimetr bo'lgan gumanoid robot odamlar bilan og'zaki muloqot qiladi va savdo markazlarida, restoranlarda, maktablarda va qariyalar uyida keng qo'llaniladi. Keyinchalik SoftBank sun'iy intellekt bilan jihozlangan Pepper+ versiyasini ishga tushirdi.

“Biz robotlarimizning imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettiramiz”, deb ta'kidladi SoftBank kompaniyasi.

Ta'kidlash joizki, robotni sotib olish imkoni mavjud emas, uni faqat SoftBankdan ijaraga olish mumkin. Yillik ijara oyiga 43 780 iyena (282 dollar), oylik ijara esa 76 780 iyena (494 dollar) ni tashkil qiladi, deb xabar berdi oz.inform.kz.