Biroq yaqin kelajakda Qozog'iston BRIKSga a'zo bo'lish masalasida ariza bermaslikka qaror qildi.
Bu haqda Qozog'iston prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Berik Uali Tengrinews.kz axborot agentligi ma'lum qildi.
“Qozog'iston BRIKS evolyutsiyasini qiziqish bilan kuzatmoqda va tashkilotning ta'sischi davlatlari rahbarlarining har qanday qudratli davlatlar gegemonligidan xoli, adolatli, demokratik dunyo tartibini barpo etish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirish haqidagi chaqiriqlarini qo'llab-quvvatlaydi”, dedi Uali.
Uning so'zlariga ko'ra, Qozog'iston xalqaro hamjamiyatning mas'uliyatli va obro'li a'zosi sifatida tan olinganligi sababli, prezident Qozog'istonning BRIKSga qo'shilishi bo'yicha takliflar olgan, deb xabar beradi aa.com.tr.
“Ushbu takliflar davlat rahbari tomonidan diqqat bilan ko'rib chiqilib, uning topshirig'iga ko'ra tegishli idoralar tomonidan Qozog'iston milliy manfaatlari nuqtai nazaridan tahlil qilinmoqda”, dedi matbuot kotibi.
“Shu bilan birga, a'zolik masalasini ko'rib chiqishning ko'p bosqichli jarayonini, shuningdek, ushbu assotsiatsiyaning rivojlanish istiqbollari bilan bog'liq boshqa masalalarni hisobga olgan holda hozirda va, ehtimol, yaqin kelajakda Qozog'iston BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi u.