Aksariyat odamlar uchun kichik yaralar xavfli emas, chunki koʻpincha ular oʻz-oʻzidan va tezda tuzaladi. Shu bilan birga, ayrim kasalliklarga chalingan bemorlar uchun hatto kichik zarar jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qandli diabet, umurtqa pogʻonasi shikastlangan yoki qon aylanishi yomon boʻlgan odamlarda yaralarning davolanish imkoniyati yuqori boʻlmaydi. Oqibatda ular uzoq muddatda amputatsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan infeksiya va surunkali jarohatlarga moyil boʻladi.
Endi elektr stimulyatsiyasidan foydalangan holda yangi davolash usuli ishlab chiqildi. Ushbu gʻoya teri hujayralarining elektr maydonlarida maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishiga asoslangan. Yaʼni, teri hujayralari boʻlgan Petri idishiga elektr maydon qoʻyilsa, hujayralar tasodifiy harakat qilishni toʻxtatadi va bir yoʻnalishda harakat qila boshlaydi. Mutaxassislar teri hujayralari oʻstirilgan mikroskopik biochipga elektr tokini qoʻllash orqali sunʼiy teridagi yaralarning bitishini tezlashtirishga muvaffaq boʻlishdi.
Jamoa yaqinda tadqiqotni davom ettirish va kelajakda yaralarni davolovchi mahsulotlarni yaratish imkonini beradigan katta grant yutdi, deb xabar beradi lenta.ru.