Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda "Oʻzbekneftgaz"AJ axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov maʼlum qildi.
Ustyurt hududida chuqur yura qatlamlarining gazga istiqbolliligini oʻrganish maqsadida, Oʻzbekiston tarixida ilk bor chuqurligi 5500-6500 metr boʻlgan "Quyi Surgil" konidagi 11-sonli, "Sarijol" konidagi 1-sonli va "Gʻarbiy Quyi Surgil" konidagi 1P-sonli quduqlarda burgʻilash ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.
Shuningdek, 40 ta ta quduqda kapital taʼmirlash va 20 ta ta texnologik chora-tadbir bajarildi. Jumladan, "Shoʻrtan" konida Xitoyning "Jereh" kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda 5 ta kichik kompressor stansiyasi ishga tushirildi.
Konlarda 4 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilib foydalanishga топширилди.Табиий gaz uzatish barqarorligini taʼminlash uchun gaz transport tizimida 56,4 km gaz quvuri qurildi.
846,7 ming tonna uglevodorod xom ashyosi qayta ishlanib, 525,9 ming tonna avtobenzin, 307,6 ming tonna dizel yonilgʻisi, shundan "GTL" dizel yonilgʻisi – 184,3 ming tonna, 98,3 ming tonna aviakerosin, shundan "GTL" kerosini – 50,9 ming tonna va "GTL" nafta — 121,5 ming tonna ishlab chiqarildi.