Xususan, Namangan shahrida yashovchi fuqaro tomonidan kelgan murojaatda qayd etilishicha, iste'molchi shahar markazida joylashgan “Chorsu” savdo markazidan 1 million so'm evaziga sotib olgani, oradan bir oy vaqt o'tmasdan uyali aloqa telefoni nosoz ahvolga kelib qolgani, bu borada sotuvchiga bir necha marotaba murojaat qilgan bo'lsada, hech qanday o'zgarish bo'lmaganini aytib o'tgan. Ushbu murojaat o'rganilishi natijasida uyali aloqa telefoni uchun to'langan 1 million so'm iste'molchga qaytarilishiga erishildi.
Yana bir murojaat Namanganning Toshbuloq shaharchasida yashovchi fuqarodan kelgan bo'lib, iste`molchi “Arzon va sifatli” nomli telegram-savdo do'koni orqali oldindan to'lovni amalga oshirish orqali ayollar ko'ylagi sotib olgan, biroq buyurtma etkazib berilganda esa mahsulot sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan. Tarmoq xordimlariga murojaat qilganda esa, mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortishganini aytib o'tgan.
Ushbu murojaat Namangan shahar jamiyati xodimlari o'rganilishi natijasida mahsulot uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarib olib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qoplaton” QFYda yashovchi fuqarodan kelgan murojaatda iste'molchi Namangan shahrida joylashgan “Lola-jahon” bozoridan avtomashina akumlyatorini 1 yillik kafolat muddati bilan 1 million 800 ming so'm evaziga sotib olgan. Biroq sotib olgan akumlyatori 3 oy ichida ishlamay qolganligidan norozi bo'lib murojaat qildi.
Ushbu murojaat Federatsiyaning Namangan shahar jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, tadbirkor tomonidan akkumlyator yangisiga almashtirildi.