Ushbu Nizom sertifikatlashtirishni oʻtkazish, talabgorni avtorizatsiyadan oʻtkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish boʻyicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish boʻyicha ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 ish kuni mobaynida unda koʻrsatilgan maʼlumotlar koʻrib chiqiladi.
Sertifikatlashtirishni oʻtkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha xulosa rasmiylashtiriladi.
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.