“Yashil makon”: bugungi mehnat ertanggi bogʻ demakdir

    Davlatimiz rahbari tomonidan e'lon qilingan “Yаshil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatning turli hududlari bo'ylab qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 

    Oʻrta Chirchiq tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi Ixtiyor Qosimov boshchiligida tumandagi jami 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchatlar oʻtqazildi.

    Mazkur mahallalarda yoʻl cheti boʻylab manzarali daraxtlardan 3300 ta pavloniya, yapon saforasi, shuningdek, 84 000 ta terak koʻchatlari, 4000 ta olxoʻri va oʻrik kabi mevali daraxtlar oʻtqazilib, koʻcha yoʻlaklari atrofi obodon holatga keltirildi.

    Zero, xalqimizda “Koʻchat ekkan, ikki dunyo saodatiga erishadi” degan naql bejiz aytilmagan. Xalqning turmushini yanada farovon qilish hamda qulay yashash sharoitlarini yaratishda koʻchalarda boʻy koʻrsatuvchi daraxtlarning oʻrni beqiyos. Tuman hokimligi tomonidan mazkur doiradagi xayrli tadbirlar davomiy tarzda amalga oshirib borilishi rejalashtirilgan.

    Oʻrta Chirchiq tumani hokimligi

    Axborot xizmatidan olindi.