2021-yil kuz va joriy yil bahor mavsumida respublika miqyosida yirik, oʻrta va kichik mahallalarda jami 70 mln. 800 ming dona hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yoqalariga 72 mln. 500 ming dona terak koʻchat va qalamchalari ekildi. 2021-yil kuz va joriy yil bahor mavsumida jami 213 mln. dona manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlari ekilishi tashkil etildi. (maʼlumot uchun 2021-yil kuzda 86 mln. dona, joriy yil bahor mavsumida 127 mln.dona)
Shuningdek respublikadagi yirik, oʻrta va kichik mahallalarda jami 70 mln. 800 ming dona hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yoqalariga 72 mln. 500 ming dona terak koʻchat va qalamchalari ekildi. Sugʻorish tizimini yaxshilash boʻyicha 238 ta quduqlar qazildi. Hududlarda ekilgan daraxt va butalarni sugʻorish, parvarish va muhofaza qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirildi.
Bundan tashqari, tuman (shahar)larda mavjud 740 ta suv tashish avtotransportlari koʻchatlarni sugʻorish ishlariga jalb etildi. Barcha masʼul tashkilotlarga daraxt koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha 10 577 ta majburiy koʻrsatma berilib, koʻrsatma talablarini lozim darajada bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 311 mln soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Aholi yashash va boshqa hududlarda koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, aholi punktlarida “yashil bogʻlar”, daraxtzor va butazorlarni barpo etish, qayta tiklash va parvarish qilish ishlarini samarali amalga oshirish hamda sugʻorish tizimi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish lozim. Buning uchun cugʻorish tizimini tashkil etish, mavjud sugʻorish tizimlarini taʼmirlash va suv tashish avtotransportlarini koʻchatlarni sugʻorish ishlariga doimiy ravishda jalb etish lozim.
Ekilgan koʻchatlarni parvarish qilish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda mahallalardagi shakllangan “daftar”larga kiritilgan va boshqa ishsiz fuqarolarni jalb qilib, masʼul shaxslarni biriktirish hamda ularga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ish haqi toʻlab borishni tashkillashtirish kerak.
Bundan tashqari, daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablagʻlari ajratilishini taʼminlash, ekilgan koʻchatlar payhon qilinishining oldini olish boʻyicha tegishli choarlarni amalga oshirish lozim.