“Yashil sertifikatlar” energiyaning “tozaligi”ga kafolat beradi

    Energetika 28 Fevral 2024 696

    Bir dona “yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda 1000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganini tasdiqlaydi.

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzbekgidroenergo” AJ Transformatsiyani amalga oshirish ofisi boshligʻi Pahlavon Nurmatov “Yashil energiya” sertifikatlari va ularning dolzarbligi haqida maʼlumot berdi.

    “Yashil energiya” sertifikati (kelib chiqish sertifikatlari yoki qayta tiklanadigan energiya sertifikatlari deb ham ataladi) gidroenergetika va boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda, maʼlum miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.

    Bugungi kunda, “yashil energiya” sertifikati boʻyicha Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash xalqaro jamgʻarmasi (I-REC) standartlari 50 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatda joriy qilingan.

    Bir dona “yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda 1000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganini tasdiqlaydi.

    Yashil sertifikatlarning asosiy maqsadi qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish va isteʼmol qilishni ragʻbatlantirish, shuningdek, bunday energiya manbalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashdir.

    Issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirish hamda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishga katta yordam koʻrsatadi.

    Sertifikatlar sotuvidan tushgan mablagʻlar “Oʻzbekgidroenergo” AJ gidroelektr stansiyalarning quvvatlarini modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushurish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, toza energiya asosida mahsulot ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantiriladi.

    “Oʻzbekgidroenergo” AJ “yashil energiya” sertifikatlarini birja savdolariga (spot.uzex.uz ) standart lotlar asosida sotuvga qoʻyadi.