Bu borada, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari xorijdan yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning yuk-kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan holda mamlakatimiz bojxona chegaralari orqali olib oʻtishga urinish holatlarini aniqlash boʻyicha navbatdagi tezkor tadbirlarni amalga oshirishdi.
Xususan, “Chuqursoy” TIF bojxona postlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda xorijdan keltirilgan temir yoʻl yuk konteynerining koʻzdan kechirildi.
Natijada, hujjatlarda “plyonka” deya koʻrsatilgan tovarlar aslida yuk-kuzatuv xujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 1 mlrd. 852 mln. soʻmlik “PVX dasturxonlar” ekanligi fosh boʻldi.
Boshqa bir holatda esa, yurtimizda faoliyat olib boruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan “velosiped extiyot qismlari” tovarlari bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha 8000 dona “velosiped kameralari” va yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan 4000 dona “velosiped nasoslari” tovarlari borligi aniqlandi.
Yuqorida barcha keltirilgan holatlar natijasida umumiy qiymati 2,2 mlrd. soʻmdan ortiq tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy importiga chek qoʻyildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.