O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning qorin qismiga hufyona joylashtirilgan, umumiy qiymati 18 000 000 so‘m bo‘lgan dori vositalarini qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizasiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.