Shunga ko'ra, 4 ta yong'in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:52 da etib borib, yong'in soat 08:11 da o'rab olingan va soat 08:17 da bartaraf etilgan.

Yong'in natijasida bozor hududida joylashgan oshxona, somsaxona va rastalarining taxminan 120 kv.m. maydonda tomi, shifti va jihozlari  yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q. 

Hozirda yong'inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.