Yashnoboddagi "Dom"larning birida yongʻin chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha, Toshkent shahar FVB matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Qad etilishicha, shu yilning 14-iyul kuni tungi soat 22:10 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, "Vatandosh" MFY, Tuzel dahasi 12A-uydagi xonadonlarning birida, yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

    Xabarga asosan voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipaji yuborildi. Yongʻin tungi soat 22:18 da oʻrab olinib, soat 22:33 da batamom oʻchirildi.

    Sodir boʻlgan yongʻin oqibatida xonadondagi uy jihozlar yonib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

    Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.