Bundan tashqari, turk mutaxassisi tomonlar yangi tranzit yo'laklarini shakllantirish va zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, havo, temir yo'l transporti va avtobuslar qatnovini ko'paytirish, birgalikda agroklasterlar va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqishga kelishib olganini ta'kidladi.
Hikmat eren Prezidentlar tomonidan energetika sohasida hamkorlik bo'yicha birinchi yirik qo'shma loyiha – Zarafshon daryosida quvvati 140 megavatt bo'lgan Yavan gidroelektr stantsiyasi qurilishiga start berilishi nafaqat O'zbekiston va Tojikistonning, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining energiya xavfsizligini ta'minlashda muhim rol` o'ynashiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.