Makur holat insonni jismoniy jihatdan tiklashga, to'qimalar mustahkamlanishiga va ma'lumotlarning uzoq vaqt saqlanib turishiga yordam beradi.

Uyqu tananing barcha a'zolariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yurak urishi uyqu paytida sekinlashadi, ya'ni bir maromda urib turadi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki bunday ohista holat aynan “sekin uyqu” fazasida ro'y beradi. Kechalari tez-tez uyg'onib ketadiganlarda yurak urish ritmi buziladi. Uyqusizlikdan qiynaladiganlarda tebranuvchi aritmiya ehtimoli (yurak urishi tezlashishi, qon aylanishi yomonlashishi) oshadi.   

Shu bilan birga kunduzi muntazam uxlab oladiganlarda yurak xuruji, insult kabilarga chalinish ehtimoli kam bo'lar ekan. Nature (“Tabiat”) jurnalida e'lon qilingan maqolada uyquni yurak faoliyatiga bog'lovchi mexanizm haqida so'z yuritilgan.

Maunt-Sinay tibbiyot markazi (AQSh) xodimlari yurak shikastlanishining uyquga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganib chiqishdi. Har qanday shikastlanish immunitet tomonidan yallig'lanish reaksiyasini ishga tushiradi. Ya'ni immun hujayralar yallig'lanish signallariga bo'ysungan holda molekulyar-hujayra chiqindisini yo'qotadi va jarohatlar bitishiga ko'maklashadi. Ammo bu harakatlar har doim ham kerakli natijalarga olib bormaydi: yallig'lanish sog'lom hujayralarga yomon ta'sir ko'rsatishi mumkin, jarohatlarni esa biriktiruvchi to'qima yopib qo'yadi.  

Boshqa tomondan yallig'lantiruvchi molekulalarning uyquga ta'sir qilishi borasida ma'lumotlar ham mavjud. Ya'ni inson immun tizimi va miyasi o'rtasida murakkab aloqa paydo bo'ladi. Bunda tanada shamollash boshlansa miyaning kimyoviy tarkibi o'zgaradi va bu sizdagi uyqu istagini, uyquning sifatini boshqaradi, deb izohlaydi nkj.ru.