Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Erta turmush qurish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlardan koʻplab nogiron farzandlar tugʻilish ehtimolini zamonaviy tibbiyot isbotlagan», dedi u.
Shuningdek, vazir xotin-qizlarning intervalga rioya qilmagan holatda bir kalendar yilida ikki marta homilador boʻlish holatlari, nimjon, salomatligiga putur yetgan farzandlarning dunyoga kelish holatlari ham prezident boshchiligida oʻtkazilgan selektorda eslab oʻtilganini aytdi. Xudayarovning taʼkidlashicha, yuqoridagi holatlar boʻyicha aholi orasida keng qamrovli va taʼsirchan targʻibot usullari oʻtkaziladi.
«Agar mana shunday holatlar takrorlanadigan boʻlsa, buni mahalla darajasida muhokama qilib, bartaraf etish choralari koʻriladi», — dedi vazir.