Tahlil natijalariga koʻra, 247 ta subyektda 8 million 962 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi, yaʼni sifati past ekani aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olindi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifati tiklanishi boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
Oʻzenergoinspeksiyaning eslatib oʻtishicha, texnik reglament talablariga javob bermaydigan, shuningdek, meʼyoridan ortiq zaharli moddalar chiqishiga sabab boʻluvchi yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari mavjud.