Taʼkidlanishicha, bu yil afg‘oniy kursi AQSH dollariga nisbatan 28 foizga o‘sib, 2018 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha afg‘on valyutasi eng yaqin taʼqibchisi, Kolumbiya valyutasini (peso, 13 foiz) ikki barobardan ko‘p ortda qoldirdi.

Eng muvaffaqiyatli valyutalar uchligiga Albaniya valyutasi (lek) ham kirdi. U 2023 yil boshidan beri dollarga nisbatan 13 foizga mustahkamlandi.

Nashr Afg‘oniston valyutasining kuchayishini insonparvarlik yordami oqimi davom ettirilgani bilan bog‘lamoqda. Shuningdek, rasmiylar tomonidan xorijiy valyutaning ishlatilishiga qo‘yilgan taqiq ham afg‘on valyutasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelgani taʼkidlanmoqda.

Qayd qilish joiz, 2021 yildan Afg‘onistonda AQSH dollari va Pokiston rupiyasi muomalasini taqiqlab qo‘yilgan.

The Telegraph nashri maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoda eng kuchsizlangan valyutalar uchligiga Argentina (peso, -54 foiz), Nigeriya (nayra, -44 foiz) va Angola (kvanza, -39 foiz) valyutasi kiradi.