Jumladan:

- Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;

- yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan oʻtkazib, auksionga chiqarish;

- Muborak, Nishon, Gʻuzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;

- Shahrisabz shahridagi boʻsh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;

- “Rubikon Voter” texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sugʻorish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;

- 2023-yil 1-iyulga qadar Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu yoʻlining 100 kilometr qismini taʼmirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;

- yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga oʻtuvchi 30 kilometr yoʻlni taʼmirlash loyihasini ishlab chiqish;

- Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard soʻm ajratish vazifasi qoʻyildi.