Chunki baʼzi koʻp qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini oʻtab boʻlgan.
Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish topshirildi.
Ishlarni eng ogʻir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda elektr energiyasini ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Barcha generatsiya manbalari hisobidan joriy yilda 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. 11 ta quyosh va 3 ta shamol stansiyasi shular jumlasidan.
Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital taʼmirlash, 595 kilometr elektr tarmogʻi va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish rejalari belgilab olindi.